menu
person

00:02
Nilufar Usmonovaning birinchi davlat mukofoti

Xonanda Nilufar Usmonova Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida ilk bor davlat mukofoti “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Bu xushxabar nafaqat xonandani, balki uning muxlislarini ham shod etdi. “Prezidentimizning farmonlari bilan birinchi marta davlat mukofotiga sazovor bo’ldim. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich e’tiboringiz men uchun bayramga munosib sovg’a bo’ldi. Sizga o’z tashakkurimni izhor etaman” – dedi Nilufar Usmonova quvonchini bo’lishar ekan. Mukofot muborak bo’lsin.

Ko'rildi: 910 |
Barcha izohlar: 0
avatar