menu
person

19:57
Nilufar Usmonova MMA bo’yicha o’tkazilgan xalqaro turnirda mehmon bo’ldi

Kuni kecha MMA bo’yicha o’tkazilgan xalqaro turnirda Nilufar Usmonova ham mehmon bo’ldi. “Judayam chiroyli jang bo’ldi. Taassurotlarni so’z bilan ifoda qilib bo’lmaydi. Bizda mana shunday katta masshtabdagi turnirlar tashkil etilgani alohida quvontirgan bo’lsa, sportchilarimizning yutuqlari alohida xursand qildi. Bunday janglar oilaviy borib tomosha qilinsa, farzandlarimizni vatanimizga sportga bo’lgan mehri yanada oshadi deb o’ylayman. Shu o’rinda bu nufuzli turnirni tashkil qilgan  “Muradov Professional Ligasi” va uning asoschisi mashxur chempion bo’lishiga qaramay boshidan to oxirigacha tinimsiz harakat qilib, vatanimiz ravnaqiga hissa qo’shayotgan Makhmud Muradovga barakalla deb, taklif uchun o’z tashakkurimni bildiraman. Jangda qatnashib g’olib bo’lgan barcha jangchilarimizga g’alaba muborak bo’lsin deyman” – dedi xonanda Nilufar Usmonova jang haqida taassurotlarini bo’lishar ekan. Ushbu jangdan fotoreportajni tomosha qilishingiz mumkin. Marhamat!

 

Ko'rildi: 1005 |
Barcha izohlar: 0
avatar