menu
person

19:11
Nilufar Usmonova albom taqdimotini o'tkazdi

Nilufar Usmonova albom taqdimotini oʼtkazdi Oʼzbek sanʼatining guli Nilufar Usmonova oʼzining oltinchi albom taqdimotini oʼtkazdi. Zarafshon konsert zalida boʼlib oʼtgan taqdimotni minikonsert deb atasa ham boʼladi. Ushbu konsertga xonandaning doʼstlari, muxlislari, hamkasblari va ommaviy axborot vositalari xodimlari tashrif buyurishdi. Dasturda xonanda 20dan ortiq qoʼshiqlar kuyladi. Tomoshabinlar ajoyib raqslar yangi taronalar premerasidan ham bahra olishdi. Dasturga Oʼzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning kutilmagan tashrifi hamma uchun syurpriz boʼldi. Dastur yuqori kayfiyatda va aʼlo darajada oʼtkazildi. Nilufar Usmonovaning "Аsraydi" nomli ushbu albomidan 18 ta tarona va undan tashqari bir nechta qoʼshiqlar bonus sifatida joy olgan. Аlbomdagi qoʼshiqlarning 8 ta yangi qolgani esa soʼnggi vaqtlarda taqdim etgan sara kompozitsiyalari oʼrin olgan.
 

Ko'rildi: 1465 |
Barcha izohlar: 0
avatar