menu
person

13:40
Bolani 3 oson qadamda urishishdan qanday to'xtatish mumkin?


1-QADAM
Bolangizni qo'llaridan ushlang  va  urish xavfli ekanini ayting

Bizning bolalarimiz urish yoki tishlashga urinishganda,biz qo'llarini ushlab, ularga: "Yo'q, urish yaxshi ish emas, Bu xavfli, Qani menga mehr ko’rsating! deb takrorlayman. Ushbu  iborani ko'p marta, taxminan 1 oy davomida ishlataman. Keyin ular mehr ko'rsatishni boshlaydilar. 
Bolangiz sizni urganda tinchlaning.
Ularning munosabatini kuting. Yig'laydilar, xar xasha qiladilar, Aytganini qildirish uchun qayta qayta urunib ko'radilar.
Mening maslahatim - xotirjam bo'ling va shunchaki ulardan nima kutayotganingiz haqida aytib bering.Ulardan uyalmang yoki ularga katta ma'ruza o’qimang. Ammo bunday holatlarni buni o'rgatish mumkin bo'lgan payt sifatida ko'ring!

2-QADAM
Ularga urish o'rniga nima qilish kerakligini ko'rsating

 Erimning maslahati bilan, qachonki biz bolamizga biron narsa qilmaslikni buyurganimizda, hech narsada chalkashlik bo'lmasligi uchun ularga nima qilish kerakligini aytishga harakat qilamiz.Bunda eng asosiysi - ularga yumshoq muomala qilish.
Shuningdek, usullarimiz ish bera boshlagan zahotiyoq biz ularni xursand qilishimiz va  olqishlashimiz mumkin! Ba'zan bu quyidagicha ko'rinadi: Qo'llarini muloyimlik bilan silab, mehr ko'rsatish, olqishlash, sizga quloq solganligi uchun o'ziga yoqqan o'yinchoq bilan xursand qilish (yangisi bo'lishi shart emas). Qolaversa bu usul yordamida iltimos deyishni ham o'rgatish lozim.

3-QADAM
Ular yumshoq bo'lganda ortiqcha ko'proq maqtang.Ba'zan sizning farzandingiz buni darhol tushunib yetishi oson bo'lmasligi mumkin. Agar siz xuddi shunday qilsangiz bilingki, siz yomon ona emassiz. Chunki siz ularga shunchaki e'tiborini jalb qilib, mehribon va muloyim bo'lishni o'rgatasiz.
P/S: Bu holatlar tez tez bo'lgani bois, hattoki suratlarda ham muhrlangan ekan. Sizlarga ham suratlar bilan bo'lishyapman.

Ko'rildi: 2030 |
Barcha izohlar: 0
avatar