Olimlarning aytishicha 4 yosh va undan katta bolalar uchun suzish darslarini tavsiya qiladi.
Ammo hozirda butun dunyoda 1 yoshdan 4 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun ham suzish emas, suv mashg'ulotlari yo'lga qo'yilgan. Albatta ota-ona yoki maxsus murabbiy nazoratida! Suv mashg'ulotlari dastlab bolalarga suvdan zavqlanishni, suvdagi qo'rquvni yengishni o'rgatadi.Suzish darslarini erta boshlash bolangizga tezroq suzishni o'rganishga yordam beradimi? Ehtimol yo'q. Bolalarning eshkakli suzishni o'rganishga tayyorgarligi bo'yicha olib borilgan katta tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, bolalar 2, 3 yoki 4 yoshdan dars boshlasalar ham taxminan 5 yarim yoshda suzishni yaxshi o'rganishgan!!!
Xulosa shundaki bola istasa o’rgating, istamasa qo’yavering! Xohshiga ko'ra tog’ora va chelakchalarda (basseyncha) o'ynashsin! Siz bolalaringizni suzish mashg'ulotlariga olib borasizmi? Suzishni bilishadimi?
|